
“Chelsi” bir o‘yinchi uchun uchta futbolchisidan voz kechdi
“Chelsi” mutasaddilari “Nottingem Forest” vakili Murilloni tranfer qilish bo‘yicha ish boshladi.
Jurnalist Saymon Fillipsning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 22 yoshli markaziy himoyachini olish uchun kamida 50 million funt topishi kerak.
Manbaga ko‘ra, londonliklar bu pulni bir necha o‘yinchilarni sotib yuborish orqali to‘plamoqchi. Xususan, “Chelsi” yozgi transferlar oynasi davrida Benua Badiashile va Trevo Chaloba to‘liq boshqa klublarga sotib yuboradi.
Shuningdek, Alfi Gilkristni ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Klub mutasaddilari fikriga ko‘ra, braziliyalik Murillo jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlashgan qodir.
Murillo Angliya Premer-ligasiga o‘tgan yoz olib kelingan edi. “O‘rmonchilar” iqtidorli o‘yinchi uchun “Korintians”ga 12 million evro to‘lab, o‘yinchining o‘zi bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.
Endi “Nottingem Forest” jamoasida Angliyadagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazgan topilmasini bir necha baravar qimmatiga pullash imkoni bor.
Fikrlar