“Chelsi” bir jamoaga ikki o‘yinchisini jo‘natadi
Londonning “Chelsi” klubi qishki transfer oynasi davrida ikki nafar himoyachi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb jurnalistlari ma’lum qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, A Seriyada ishtirok etayotgan “Fiorentina” jamoasi “aristokratlar”ning ikkala o‘yinchisiga qiziqish bildiryapti.
Birinchi raqamli nishon sifatida Josh Achimpong belgilandi. Florentsiya klubi xo‘jayinlari 19 yoshli ijrochini mavsum oxirigacha keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda.
Bundan tashqari, “Fiorentina” londonliklarning asosiy jamoasiga qabul qilinmagan Aksel Disasini ham olib ketmoqchi. Disasi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubni o‘zgartirishga qarshi emas.



Fikrlar