
“Chelsi” bir futbolchini uchta urinishda ham qo‘lga kirita olmadi
“Chelsi” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Atletiko” hujumchisi Samyuel Omoridionni olib kelmoqchi.
“Aristokratlar” bu transfer bo‘yicha madridliklarga uch marotaba murojaat qildi. Ularning oxirgi taklifi ham “Atletiko” mutasaddilarini qoniqtirgani yo‘q.
Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, uchinchi taklifda londonliklar transfer uchun 50 million evro va qo‘shimcha bonuslar va’da qilgan.
Aslida madridliklar ispan hujumchisini o‘z safida saqlab qolmoqchi. Biroq taklif 80 million evro atrofida bo‘lsa, transferni amalga oshirish imkoni tug‘iladi.
Omorodion yakunlangan mavsumni ijara asosida “Alaves”da o‘tkazib, chempionat davomida to‘qqizta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar