
“Chelsi” beshta superdarvozabon topib qo‘ydi
“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa o‘yinini ancha epaqaga keltirib qo‘ydi. Biroq ispaniyalik mutaxassisning darvozabonlardan ko‘ngli to‘lmayapti.
Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning yozishicha, “aristokratlar” besh nafar darvozabonni nishonga oldi va imkon qadar ulardan birini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” tuzgan ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi:
Emiliano Martines (“Aston Villa”) - 32 yosh, shartnomasikontrakt 2029 yil yarmigacha amal qiladi;
Mayk Menyan (“Milan”) - 29 yosh, shartnomasi 2026 yil yarmigacha amal qiladi;
Lukas Shevale (“Lill”) - 23 yosh, shartnomasi 2027 yil yarmigacha amal qiladi;
Joan Garsiya (“Espanol”) - 24 goda, shartnomasi 2028 yil yarmigacha amal qiladi;
Dzion Sudzuki (“Parma”) - 22 goda, shartnomasi 2029 yil yarmigacha amal qiladi.
Yakunlangan mavsumda birinchi raqamli darvozabon vazifasini Robert Sanches bajardi. Zaxira posboni Filip Yorgensen bo‘ldi. Klub rahbariyati mavsumni ijara asosida “Strasbur”da o‘tkazgan Jorj Petrovichni ham asosiy tarkibga qaytarib, raqobatni kuchaytirmoqchi.
Fikrlar