“Chelsi” befoyda o‘yinchidan voz kechadi

  • 22 may, 2020, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati braziliyalik himoyachisi Emerson Palmierini “Yuventus”ga 30 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, londonliklar futbolchini ijaraga berishga ham tayyor.

Tecno

“Yuventus” bu futbolchini olish uchun transferga Adrien Raboni qo‘shish taklifini bildirgan edi.

“Santos”da tarbiyalangan Emerson Angliya grandi tarkibiga 2018 yilning yanvarida “Roma”dan 14 million evro evaziga olib kelingan. Joriy mavsumda Emerson 14 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, jamoasiga foyda keltirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!