
"Chelsi" "Bavariya"ning taklifini qabul qilmadi
"Chelsi" "Bavariya"ning Trevo Chaloba bo‘yicha yangi taklifini qabul qilmadi.
Myunxen klubi 24 yoshli himoyachi uchun yangi ijara taklifi bilan chiqdi, dedi Fabritsio Romano. O‘tgan safargidek, "Chelsi" rad javobini berdi. Sababi, ular futbolchini faqat to‘liq transfer huquqiga qo‘yib yuborishga tayyor edi.
Klublar kelishuvni yakunlash yo‘lini topish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda. Hozircha hech narsa kelishib olinmagan.
Fikrlar