
"Chelsi" "Bavariya" bilan futbolchi almashtirmoqchi
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganla "Chelsi" Myunxenning "Bavariya" klubi bilan o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "aristokratlar" Myunxenga Kallum Xadson-Odoini yuborib, o‘rniga frantsiyalik Kingsli Komanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Komanning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan. Uning agenti Pini Zaxavi yaqinda “Bavariya” bilan ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. Boisi nemis grandi Komanga yiliga soliqlar bilan birga 12 million evro taklif qildi.
Hozir Kingsli “Bavariya”da yiliga 9 million evro maosh olmoqda, ammo OAV tarqatgan xabarga qaraganda u yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 18 million evro olishni xohlagan.
“Bavariya” agar 90 million evrolik taklif bo‘lsa, Komanni sotishga tayyor.
Fikrlar