
"Chelsi" "Barselona" futbolchisi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor!
"Chelsi" qishki transferlar vaqtida "Barselona"ning 25 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kundeni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London grandi Frantsiya terma jamoasi futbolchisi uchun kataloniyaliklarga 60 million evro taklif qilishga tayyor.
Joriy mavsumda Kunde jami oltita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning ayni damdagi bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar