"Chelsi" "Barselona" a’zosiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 26 avgust, 18:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Fermin Lopes bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. 

London klubi 22 yoshli yarim himoyachi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. 

"Barselona" "Chelsi"ning taklifini ko‘rib chiqmoqda. Sababi, bu sotuv klubning moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qiladi. 

Londonliklarning qiziqishidan xabardor Ferminning o‘zi ham bir qarorga kelishi kerak. 

O‘tgan mavsum La Ligada Fermin 28 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!