
"Chelsi" Azardan bo‘shaydigan 10-raqamni Xadson-Odoiga beradi
Londonning "Chelsi" klubi o‘z tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kallum Xadson-Odoini jamoada qolishshga ko‘ndirdi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra tomonlar yaqin vaqtlar ichida o‘zaro 5 yillik shartnoma imzolaydi. Ta’kidlash kerakki, “aristokratlar” rahbariyati muzokaralar davomida 18 yoshli angliyalik futbolchiga Eden Azardan bo‘shaydigan 10-raqamni aynan unga berishni va’da qilishgan.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar