
"Chelsi" argentinalik yarim himoyachini ijaraga oldi
Hujumkor yarim himoyachi Fakundo Buonanotte "Brayton"dan "Chelsi"ga o‘tdi. Bu haqda "ko‘klar"ning matbuot xizmati xabar berdi.
Argentinalik futbolchi bir mavsumga ijaraga olindi. U joriy mavsum oxirigacha "Chelsi"da o‘ynaydi. Buonanotte o‘tgan mavsumni ijara asosida "Lester"da o‘tkazgan edi.
"Tulkilar" safida 20 yoshli yarim himoyachi 35 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
APLning 3-turidan so‘ng "Chelsi" 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda turibdi va "Liverpul"dan 2 ochko orqada qolmoqda.
Fikrlar