
"Chelsi" afsonasining uyiga o‘g‘ri tushdi. Ular futbolchini stulga bog‘lab qo‘rqitishdi
"Chelsi" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Eshli Koulning uyiga o‘g‘ri tushdi.
The Sun nashrining yozishicha, niqob kiygan jinoyatchilar uyning orqa tomonidan kirishgan. Bosqinchilar Koulni stulga bog‘lab qo‘rqitishgan va undan pul talab qilishgan. Natijada, futbolchining uyidan tilla buyumlar o‘g‘irlangan.
“Bu dahshatli edi. O‘g‘rilar professional ekan. Ular nima qilishayotganini aniq bilishardi. Ular bu ishni anchadan buyon rejalashtirib yurishgani aniq”, - deydi Koul.
39 yoshli Koul faoliyati davomida “Chelsi”dan tashqari "Arsenal", "Kristal Pelas", "Roma", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Derbi Kaunti" klublarida to‘p surgan. Angliya terma jamoasi safida esa 107 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar