"Chelsi" 92 million evroga himoyachi sotib olmoqchi

  • 5 dekabr, 20:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Nottingem Forest" himoyachisi Murilloni sotib olishni rejalashtirmoqda. 

Tecno

"Football Insider" nashri xabar berishicha, "o‘rmonchilar" futbolchini sotishga tayyor. Klub himoyachi uchun yuqori narx belgilagan. "Forest" braziliyalik transferidan 92 million evro ishlab olmoqchi. 23 yoshli o‘yinchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Murilloning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroni tashkil etadi. Uning "Nottingem" klubi amaldagi shartnomasi 2029 yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi nottingemliklar safida 2023 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 88 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!