“Chelsi” 150 million evroga superhujumchi oladi

  • 5 dekabr, 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi yillarda “Chelsi” transferlarga ulkan mablag‘ sarfladi. Londonliklar bu transfer siyosatini davom ettirish niyatida.

Tecno

Fichajes portali ma’lumotlariga ko‘ra, “aristokratlar” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Atletiko” forvardi Xulian Alvaresni transfer qilmoqchi.

Buning uchun londonliklar 150 million evro taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, Alvaresni “Chelsi”ga o‘tishiga ko‘ndirish uchun uning Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes yordam berishi kutilyapti.

Agar “Chelsi” Alvaresni 150 million evroga sotib olsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Hozircha klub rekordi — Entso Fernandesning 121 million evrolik transferi hisoblanadi.

25 yoshli Xulian Alvares Angliya Premer-ligasiga begona emas. Argentinalik to‘purar ilgari “Manchester Siti”da o‘ynagan va Erling Xoland soyasida qolib ketganidan keyin “Atletiko”ga o‘tib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!