“Chelsi” 13 nafar futbolchi ketganini e’lon qildi

  • 18 iyun, 2023, 16:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yakunlangan mavsumda o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erisha olmagan “Chelsi” tarkibini tozalashni boshlab yubordi.

Klub rahbariyati 13 nafar futbolchi jamoani tark etayotganini tasdiqladi. Mashhur futbolchilardan Temue Bakayoko ham o‘ziga boshqa ish topishi kerak. Bu futbolchi 2017 yili “Monako”dagi zo‘r o‘yini tufayli transfer qilingan edi.

“Aristokratlar” frantsiyalik futbolchini olib kelish uchun 45 million evro safrlagan. Oxir-oqibat bu omadsiz transfer bo‘lib chiqdi.

“Chelsi”ni tark etadigan o‘yinchilarning aksariyati asosiy tarkibga kirishni uddalay olmagan yoshlardir.  Xususan, rahbariyat Derrik Abu, Prints Adegoke, Natan Bakster, Xuan Karlos Kastilo, Brayan Benjamin Fiabema, Jo Semyuel Xey, Genri Lourens, Sem Makklelland, Dyujon Enrikes Sterling, Amari Silko, Itan Jeyms-Ueydi va Jeyden Uerx bilan xayrlashishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!