“Chelsi” 12 nafar futbolchisidan voz kechishga majbur

  • 26 aprel, 2024, 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” keyingi ikki mavsum davomida 1 milliard funtga yaqin mablag‘ evaziga 28 nafar futbolchini transfer qilgan ji.

Tecno

Moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun “aristokratlar” tarkibini tozalashga majbur bo‘lmoqda.

Football.London nashrining yozishicha, “Chelsi” jazodan qutilib qolish uchun birdaniga 12 nafar o‘yinchisini sotib yuborishni rejalashtiryapti. Bu transferlar klub g‘aznasini 450 million evro keltirishi kutilmoqda.

Birinchi navbatda, klub tarbiyalanuvchilaridan Ian Maatsen, Konor Gallaxer, Trevo Chaloba, Armando Broyya va Lyuis Xoll sotib yuboriladi. Chunki ulardan keladigan mablag‘ sof foyda hisoblanadi.

Ikkinchi bosqichda ijarada yurgan futbolchilar – Romelu Lukaku, Kepa Arrisabalaga va Hakim Zieshga xaridor topish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, hozirgi tarkibdan Mark Kukurelya, Malang Sarr va Tyago Silva ketishi kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!