
“Chelsi” 11 o‘yinchini sotadi!
“Chelsi” rahbariyati jamoa oldiga kelasi mavsumda “Manchester Siti”dan chempionlik unvonini tortib olish vazifasini yuklamoqda.
Tomas Tuxel tarkibni raqobatbardosh qilish uchun o‘z falsafasiga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yinchilardan tozalashni rejalashtiryapti. Germaniyalik mutaxassis klubni qabul qilib olganida, londonliklar to‘qqizinchi o‘rinda borayotgan edi.
Mavsum oxiriga kelib, “Chelsi” kuchli to‘rtlikdan joy oldi va bundan tashqari, UEFA Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti”ni dog‘da qoldirib, bosh sovrin engasi bo‘ldi.
Tomas Tuxel talabiga ko‘ra, jamoani 11 nafar futbolchi – Temmi Abraxam, Olive Jiru, Ross Barkli, Ruben Loftus-Chik, Billi Gilmor, Konnor Gallaxer, Davide Dzappakosta, Emerson, Temue Bakayoko, Fikayo Tomori va hatto Kristian Pulishich ham tark etishi kerak.
Bundan tashqari, “Chelsi” prezidenti Roman Abramovich yozgi transferlar uchun 200 million funt ajratib, tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga topshiriq bergan.
Fikrlar