“Chelsi”, “Man Siti” va Yuventus” Ispaniya terma jamoasi a’zosiga xaridor

  • 19 iyul, 2022, 11:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vilyarreal” himoyachi Pau Torresga Evropaning ko‘plab top-klublari qiziqish bildirmoqda. Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, 3 ta grand jamoa ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

“Sariq suv osti kemasi” Torresning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor. Pau uchun asosiy da’vogarlar: "Chelsi", "Manchester Siti" va "Yuventus". Potentsial xaridor ispaniyalikning transferi uchun taxminan 55 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Ammo hozircha bu summani bermoqchi bo‘lgan jamoa yo‘q.

“Transfermarkt” portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

25 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsum “Vilyarreal”ning La Liga doirasidagi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobida beshta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!