
Cheferin JCh har ikki yilda o‘tkazilishiga qarshi
UEFA prezidenti - Aleksander Cheferin FIFA tomonidan olg‘a surilayotgan g‘oyani yoqlamasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mundialni har ikki yilda o‘tkazilishi futbol olamidagi balansga ta’sir ko‘rsatishi aniq.
"UEFA FIFA tomonidan mundialni qisqa muddatlarda o‘tkazish g‘oyasiga qarshi. Katta ehtimol bilan ular bu g‘oyani amalga oshirish borasida choralar ko‘rishni boshlab yubordi. Vaholanki, rasman bu ma’lumot hech qaerda e’lon qilinmagan."
Eslatib o‘tamiz, xorij nashrlari FIFA rahbari - Jani Infantino tez orada futbol olamidagi ayrim qonunlarni o‘zgaritishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Fikrlar