Chavez "Nasaf"dan ketadimi? G‘alaba kimga bag‘ishlandi? Eshmurodovning o‘ynay olmagani va penalti borasida - Ro‘ziqul Berdiev

  • 12 noyabr, 2023, 20:05
  • Bekzod Isayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshidagi "Markaziy" arenada O‘zbekiston kubogi final bahsi o‘tkazildi. Unda "Nasaf" va OKMK o‘zaro bellashdi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

photo_2023-11-12_18-04-59

- Menimcha, muxlislarni xursand qila oldik. Asosiy maqsad shu edi. Sovrin bilan barchani tabriklayman. Bu oson bo‘lmadi. Chunki uchrashuvdan oldin ham finalda oson o‘yin bo‘lmasligini aytib o‘tgandim.

Marko 6 oy futbol o‘namadi. Shuning uchun ham avvalgi formasiga qaytishiga turli omillar ta’sir qilishi tabiiy. Lekin jamoa foydasi uchun harakat qilmoqda.

1-davrada raqiblar bizga qarshi himoyada o‘ynadi. Shuning uchun ikkinchi davrada taktikani o‘zgartirib, himoyadan ham o‘ynashga o‘tdik.

Bugun qanotdagi futbolchilarimizni OKMK yaxshi yopa oldi. Bu raqib bizni yaxshi o‘rganganini anglatadi. Faqat gol urganimizdan so‘ng barcha pozitsiyalarda harakatlarimiz ish bera boshladi.

Umar Eshmurodov oxirgi o‘yindan so‘ng shamollaganini aytdi. So‘ng biz unga dam berishga qaror qildik. U jamoa sardori va etakchisi. Uning yo‘qligi rejalarimizni o‘zgartirdi va jamoaga ruhan ta’sir qildi.

Penalti? O‘sha vaziyatni hakamlar uzoq o‘yladi va ularning qarashlari va qoidalari bor. Yaxshilab muhokama qilib qaror qabul qilishdimi, demak pe’nalti bor, nazarimda.

Bugungi tarixiy o‘yinni muxlislar uchun yutishimiz kerak edi. Chunki Qarshida ilk bor kubok finali o‘tkazildi. G‘alabani hammaga bag‘ishlaymiz.

9

Bitta o‘yinga tayyorgarlik boshqacha. Uzoq davom etadigan mavsumiy musobaqaga tayyorlanishda muammo bor. Buni futbolchilar bilan ham gaplashganmiz. Lekin buni to‘g‘rilashimiz ham kerak.

Chavez ketadimi? Agar boshqa legionerlar ham ishonchni oqlay olmasa, jamoani tark etadi. Chavez bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganmiz. Avval ham aytganimdek, undan ko‘p narsa kutgandim. Chunki u o‘ynagan oldingi klublarini ko‘rib shunday hulosaga kelgandik. Biroq... – dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
13/11/2023 18:24
Бир узинг хакамларга остлдинг РУЗИКУЛГА ОСИЛДИНГ КАШКАДАРЁЛИКЛАРНИКИ БАКУВАТ СЕНГА УХШАГАНЛАРНИ КУТАРАДИ Насаф хам Рузикул хам тарихда галабани сотиб олмаган хамма вакт уз кучига ишонган хакамни сотиб олиш сан курукларга хос.
&
Мурад Умаров
13/11/2023 08:33
Чавес,Лима,Жигалардан Омонов яхширок . НАСАФ академиясидаги ёшлар етарли БУЛАРДИ пулини ёшларга берса йиртади.
&
Uzbek ligion
13/11/2023 08:12
Chaves , lima jiguri xam chempionlik poygasida darajasi kamlik qiladi.
&
Uzbek ligion
13/11/2023 08:12
Chaves , lima jiguri xam chempionlik poygasida darajasi kamlik qiladi.
Nuriddin Nuriddin
12/11/2023 21:19
Насафга травма керакмас. Чарчоқ йўқотиш керакмас. Тўғри ўйин қилди. Ҳали ЧЛ да ўйнаши керак
&
Адхамжон Низомов
12/11/2023 20:34
Насафни академия ешлари етади.На хуй керак легионер дармоедлар
&
Mn
12/11/2023 20:19
Узок уйлаган хакам хар сафар хато киляптида эссиз насаф барибир насафга саволлар купдааааа
&
Mn
12/11/2023 20:17
Хакамлар кумитаси пенати йук дебтию яна насаф кучлилигига савол колдирдида шу тукизта гул еган камандага муаммоли гул урдия барибир насаф кучлилигини исботлай олмади
&
Дувлан
12/11/2023 20:33
Р.Бердиевга хакамлар ёрдам берворишди,яшасин нохақлик! Ура!.
&
Мурад Умаров
13/11/2023 08:37
Хакамларда ёрдами дарем керакмас Бердиев НАСАФ уз кучига ишонади