Chavandozlarimiz BAAdagi turnirda sovrindor bo‘lishdi
BAAning Fujayra shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* tasnifidagi xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
Bellashuvlarda Abdurahmom Abdullaev ““Caballone” laqabli oti bilan 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bekzod Qurbonov “Matts VG” bilan 145 sm balandlikdagi bahslarda uchinchi bo‘ldi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar