“Charm to‘p-2019”. “G‘allaorol” ham final bosqichiga yo‘l oldi

  • 19 avgust, 2019, 16:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan “Charm to‘p” an’anaviy respublika turnirining 3-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
 
Mazkur futbol musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi yakuniga etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 
 
Jizzax Politexnika institutining futbol o‘yingohida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada Jizzax viloyatining shahar, tuman bosqichi g‘oliblaridan iborat 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan tashkil topgan 13 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
photo_2019-08-19_16-26-19
 
Final bosqichida Jizzax shahrining “Yoshlik” hamda G‘allaorol tumanining “G‘allaorol” jamoalari bellashdilar.
 
Musobaqa yakuniga ko‘ra “G‘allaorol” jamoasi 1-0 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Charm-to‘p” an’anaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
 
Shundan so‘ng musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
d8ff3be3-cdf1-4208-811c-80547819e6c1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!