
Charlz Oliveyra:"Tez orada haqiqiy sher ovga chiqadi"
Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Charlz Oliveyra tez orada oktagonga qaytishga umid qilmoqda.
“Do‘stlar, men jang qilmoqchiman. Bilaman, barchangiz meni oktagonda ko‘rishni xohlaysiz. Umid qilamanki, keyingi jangim tez orada e’lon qilinadi. Hozir esa mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Tez orada engil vazn toifasidagi haqiqiy sher ovga chiqadi", - deb yozdi Charlz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Charlz Oliveyra(34-10-1 N/C) Aleksandr Volkanovski(26-4) bilan jang qilmoqchiligini aytgandi.
Fikrlar