Charlz Oliveyraga "vyzov" tashlandi!

  • 20 sentabr, 20:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Braziliyalik MMA ustasi Renato Moykano jarohat olgan Rafael Fiziev o‘rniga jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi. U 12 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan turnirda hamyurti Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqishni istamoqda.

Tecno

"Fiziev mashg‘ulotda jarohat olgani haqida eshitdim. Ko‘pchilik meni Braziliyadagi turnirda ko‘rishni xohlagan edi, endi bunga imkoniyat tug‘ildi. Albatta, tayyorgarlik hali boshlanmagan, ammo bunday imkoniyatdan voz kecholmayman Umid qilamanki, UFC ham bunga rozi bo‘ladi. Shuningdek, Charlz ham qarshilik bildirmaydi”, — dedi Moykano "Bloody Elbow" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fiziev o‘rniga frantsiyalik Bunea-Sen Deni braziliyalikka qarshi jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!