
Chalxanoglu: "Menga kelganda doimo tanqid bo‘ladi"
Xakan Chalxanoglu "Oltin to‘p"ga nomzodlar qatorida bo‘lgani haqida gapirdi.
"Menga kelganda, har doim tanqid bo‘ladi. Lekin men quloq solmaslikka harakat qilaman. Men mag‘rur bo‘lishni xohlamayman. Biroq, turkiyalik futbolchi 21 yil ichida birinchi marta nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Men bundan faxrlanaman. Men vatanimga qo‘limdan kelgancha xizmat qilaman.
So‘nggi oylarda menga boshqa klublardan takliflar tushdi. Ammo men "Inter"da qolishimni aytdim va o‘z o‘rnida klub ham meni qo‘yib yuborishni istamadi. Xullas, bu mening nazoratimdan tashqarida edi.
Men eng yuqori saviyada o‘ynashga harakat qilaman. Turkiya terma jamoasi tarkibida 100-o‘yinimni ham o‘tkazmoqchiman. Bu narsa doim mening maqsadim bo‘lgan. Agar tanam imkon bersa, oxirigacha futbol o‘ynashga harakat qilaman", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, turkiyalik forvard xozirga qadar terma jamoa safida 92 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan.
Fikrlar