
"CAFA Nation's Cup". O‘zbekistonning Tojikistonga qarshi o‘yinini qancha muxlis bevosita stadiondan kuzatdi? (foto)
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullaev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboev jarima zarbasidan kiritdi.
Stadion suhandoni tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur bahsni 9 099 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatib borgan.
Keyingi final o‘yini ham aynan shu o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. Unda vakillarimizga Eron termasi raqiblik qiladi. Bellashuv 20 iyun sanasiga belgilangan.
Fikrlar