CAFA musobaqasida ishtirok etadigan terma jamoalar ma’lum. 26 aprel kuni qur’a tashlanadi

  • 24 aprel, 2023, 22:23
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

CAFA milliy terma jamoalar ishtirokidagi birinchi xalqaro turnir va unga qur’a tashlash mexanizmi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, qur’a tashlash marosimi 26 aprel kuni o‘tkaziladi. Musobaqada jami 7 ta terma jamoa ishtirok etadi. (Ummon terma jamoasi mehmon jamoa sifatida taklif etilgan).

Jamoalar FIFA reytingi asosida 4 ta savatchaga ajratildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin oldi.

1-savatcha
Eron
O‘zbekiston (“A” guruhi mezboni)

2-savatcha
Qirg‘iz Respublikasi (“B” guruhi mezboni)
Tojikiston

3-savatcha
Turkmaniston
Afg‘oniston

4-savatcha
Ummon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!