
Byanka Andreesku Amerika tarixiga kirdi
AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining ayollar o‘rtasida g‘olib nomi aniqlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida kanadalik Byanka Andreesku va amerikalik Serena Uilyamsga qarshi bahs olib bordi.
Unda Byanka raqibini 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa “US Open” bosh sovrinini qo‘lga kiritgan B Andreesku 3 million 850 ming AQSh dollar miqdoridagi pul mukofoti hamda 2000 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
Fikrlar