"Buxorolik sehrgarlar" - Azamat Abduraimov "Buxoro" - "Oqtepa" o‘yiniga munosabat bildirdi

  • 6 iyun, 2021, 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro-liganing 10-turida “Buxoro” o‘z maydonida “Oqtepa”ni qabul qilib 0:3 hisobini qisqa daqiqalar oralig‘ida 3:3 ga aylantirishning uddasidan chiqqani hamon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Tecno

Ayni paytda “Yangier” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Azamat Abduraimov o‘zining feysbukdagi sahifasida ushbu o‘yin haqida shunday yozdi:

- Buxorolik “sehrgarlar”. O‘yinning 81-daqiqasiga qadar buxoroliklar raqiblariga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishayotgandi. Ammo shu vaqtga kelib maydonda mo‘’jiza ro‘y berishga tushdi: 85, 87 va 90+3-daqiqalarda jamoa ketma-ket gollar kiritdi va mehmonlarni esankiratib qo‘ydi. Bu o‘zbek futbolining ilgari kuzatilmagan yo‘lidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!