
Buxoroda Jiu-Jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-28 noyabr kunlari Buxoro shahrida Jiu-Jitsu bo‘yicha Bolalar va o‘smirlar sport maktablar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning turli xududlaridan jami 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashlar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Buxoro viloyati qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Qashqadaryo viloyati hamda Qoraqolpog‘iston respublikasi joy oldi.














Fikrlar