
"Buxoro" — "So‘g‘diyona" o‘yini rasmiylarida o‘zgarish. Sherzod Qosimov ushbu o‘yinni boshqarmaydi
Coca Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi rasmiylarida o‘zgarish bo‘ldi. O‘zPFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur o‘yinni Ahrol Risqullaev boshqarib boradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvni dastavval Sherzod Qosimov boshqarishi ma’lum qilingan edi.
Coca Cola Superliga. 21-tur
29 oktyabr, payshanba
BUXORO – SO‘G‘DIYoNA
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Oybek Yunusov.
Fikrlar