Buxoro viloyati hokimi jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yganini bilasizmi?

  • 22 mart, 14:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida 2025 yilgi Superligada “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Botir Zaripov, klub rahbariyati, “Buxoro” jamoasi murabbiylar shtabi, asosiy tarkib a’zolari hamda jamoaning bir guruh ishqibozlari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimida  Botir Zaripov so‘zga chiqib, jamoa futbolchilari oldida turgan mas’uliyatli vazifa xususida fikr yuritdi.

"Mana, yangi mavsumni ham boshlab, dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritdik. Maqsadimiz bitta — Superligada munosib ishtirok etish va yuqori o‘rinlarni egallash. Zero, 36 yillik shonli tarixga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida Oliy ligada sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan jamoaning tarixini tiklashimiz zarur. O‘ylaymanki, bu yil shakllantirilgan tarkib bilan jamoamiz muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuch-g‘ayrati, mahorati hamda imkoniyatlarini ishga solishadi", - dedi Botir Zaripov.

Shuningdek, viloyat rahbari bugungi kunda futbolchi va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi ham aytib o‘tib, murabbiy hamda futbolchilarga yuqori marrani ko‘zlagan holda chempionatda faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashish va “Buxoro” jamoasining avvalgi shon-shuhratini tiklash vazifasini qo‘ydi. Bu borada jamoa a’zolariga omad yor bo‘lishiga tilak bildirdi.

Jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidan qoniqqanligini, Tojikiston, Turkiya kabi davlatlarda uzilishlarsiz tayyorgarlik olib borilganligini qayd etdi va yaratib berilgan sharot-sharoitlar uchun viloyat mutasaddilariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, murabbiy jamoaning oldiga qo‘yilgan maqsad yo‘lida samarali mehnat qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng jamoaning yangi a’zolari tanishtirildi va ularga “Buxoro” jamoasi futbolkalari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" klubi 1-turda safarda OKMKga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2-turda "Qizilqum" 2:0 hisobida mag‘lub etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek
22/03/2025 21:08
Админ онени вес бихороли бачала сиксин хайми