"Buxoro" ustozi: Haqiqiy erkakcha o‘yin va biz uchun yoqimsiz durang

  • 28 noyabr, 2019, 12:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Murosasiz va tajovuzkor o‘yin bo‘lib o‘tdi, ikkala jamoa ham maydonda bir-birini ayamadi. Haqiqiy erkakcha o‘yin va biz uchun yoqimsiz durang! Bizda ham, mehmonlarda ham hisobni ochish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. To‘g‘ri, g‘alaba ko‘proq bizga kerak edi, buning uchun futbolchilarimni ayblamayman, ular qo‘llaridan kelgan barcha ishni to‘liq bajarishdi. Hechqisi yo‘q, oldinda yana bir tur bor, yana bir bor harakat qilib ko‘ramiz, balki o‘xshab qolar, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!