"Buxoro" to‘purari: "Xorijdan qiziqishlar bo‘lishini kutmagandim"

  • 4 dekabr, 2022, 17:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” safida to‘p surgan 35 yoshli hujumchi Ro‘zimboy Ahmedov joriy mavsumda 23 ta gol urib pro liga to‘purari va eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini bilasiz. Ikkinchi yoshligini eslab qolgan futbolchiga endi xaridorlar ortmoqda.

Tecno

ruzim1_1

"Ikkinchi yoshligimni o‘tkazayotganim uchun shu yoshimda ham menga xorijdan takliflar bo‘lib turibdi. Buni berkitmayman. O‘zim ham chetdan qiziqish bo‘lishini kutmagandim. Balki bizni chempionatdan kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin moliyaviy tomondan yaxshigina qulay takliflar tushyapti.

Ammo “Buxoro” bilan gaplashmasdan turib, bu takliflarni qabul qila olmayman. Klubdagilarning hammasi menga ishonishyapti. Shu bois jamoadagilar bilan to‘liq gaplashib olganimdan so‘ng keyin qaror qabul qilaman. To‘g‘ri, O‘zbekistondan ham bir bir-ikkita takliflar bo‘lyapti", - deydi Ahmedov Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevga bergan intervyusida.

Ro‘zim Ahmedov 35 yoshida qanday qilib 23 ta gol urdi? Shavkat Salomov bilan o‘rtasida nima bo‘lgandi? "Buxoro"dan ketadimi? Eng yaxshi to‘purar suhbatda ko‘p masalaga aniqlik kiritdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!