
"Buxoro" Tojikistondagi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi
Superligadagi kichik tanaffus paytida Tojikistonda yig‘in o‘tkazayotgan “Buxoro” klubi bugun nazorat uchrashuvi doirasida “Xo‘jand”ga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu bellashuvda Bekzod Kamolov va Jasur Xolto‘raev tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Buxoro” “Xo‘jand”ni 2:0 hisobida taslim qildi.
“Buxoro”: Sardor Qobuljonov, Izzatillo Po‘latov, Frane Ikich, Diyor Ortiqboev, Farruh Ibrohimov, Dilshod Jo‘raev, Vsevolod Nixaev, Bekzod Kamolov, Asilbek Qayumov, Shoxruz Norxonov, Jasur Xolto‘raev.
Zaxirada: Luka Kukich, Mirjalol Jumaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Chingizxon Qoirov, Asiljon Begimqulov, Asliddin Tursunpo‘latov, Xumoyunmirzo Iminov, Shoxjahon Xayrulloev, Mahmud Jo‘raboev.
Fikrlar