
"Buxoro" Tojikiston klubini yirik hisobda engdi
“Buxoro” klubi Tojikiston yig‘ining so‘ngida “Esxata”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.
Ushbu bahsda buxoroliklar mezbon jamoa darvozasiga javobsiz uchta gol urdilar. 10-daqiqada Humoyunmirzo Iminov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 54 va 88-daqiqalarida legioner futbolchi Stanislavlevich dublga erishdi.
“Buxoro” asosiy tarkibi: Luka Kukich, Frani Ikich, Diyorbek Ortiqboev, Sardor Izzatov, Vsevolod Nixaev, Javohir Ro‘ziev, Dilshod Jo‘raev, Humoyunmirzo Iminov, Aleksandr Stanislavlevich, Muhammadjon Rahimov, Jasur Xolto‘raev.
Zaxirada: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Asiljon Begimqulov, Chingizxon Qoirov, Farruh Ibrohimov, Jamoliddin Ubaydullaev, Mahmud Usmonov, Shoxjahon Xayrulloev.
Fikrlar