Buxoro shahri ikki musobaqaga mezbonlik qiladi

  • 7 aprel, 13:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 20 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqalari start olmoqda. 

Tecno

Ilk musobaqaga 12 aprel kuni Buxoro viloyati mezbonlik qiladi. 2026 yilning yoziga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida  “Uzbekistan Judo Tour” o‘tkaziladi.    

Erkaklar o‘rtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada -81, -90, -100, +100 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Shohsupaga ko‘tariladigan dzyudochilarni medal va diplomdan tashqari, pul mukofoti ham kutmoqda. 

“Uzbekistan Judo Tour” yakuniga etgach, 13 aprel kuni aynan Buxoro tuman sport maktabida yurtimizda faoliyat yuritayotgan dzyudo klublari ishtirokida “Judo Clubs” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 2014-2015 hamda maxsus ruxsatnoma asosida 2016 yilda tavallud topgan kichik o‘smirlar ishtirok etadi. 

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!