
"Buxoro" "rasprodaja" e’lon qildi, klub 8 futbolchi bilan xayrlashdi
Ikkinchi davra oldidan "Buxoro" bir qator futbolchilar bilan o‘rtadagi shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qildi.
Bular Nikola Stoshich, Jasur Hasanov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Temur Ismoilov, Jasur Azimov, Obid Jo‘raboev, Fayzullobek Jumanqo‘ziev va Ro‘zimboy Ahmedov.
"Buxoro" jamoasi yuqorida tilga olingan barcha futbolchilarga jamoamizda ko‘rsatgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan holda ularning keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qoladi!",-deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
“Buxoro” klubi matbuot xizmati
Fikrlar