“Buxoro” murabbiyi “Paxtakor”ning 1-goliga e’tiroz bildirdi. Chindan ham qoida buzilganmidi? (Video)
“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev “sherlar”ning birinchi goli urilayotgan pallada qoida buzilgan bo‘lishi mumkinligini, o‘sha holatni ko‘rib chiqish kerakligini va ba’zi savollari borligini aytgandi.

SPORTS.uz sayti ushbu o‘yinni tasvirga olgan va bizning ob’ektivimizga murabbiy e’tibor bildirgan kadr tushgan. Nazarimizda, tojikistonlik mutaxassisning fikrlari to‘g‘riga o‘xshaydi. Chunki Dragan Cheran to‘pga sakrayotganda ikkala qo‘lini raqibga qo‘ygani aks etgan.
Quyida ushbu holatni tomosha qilishingiz mumkin:
2 mart kuni Superligada 1-tur yakunlangach, O‘FA hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan uchrashuvlardagi bahsli vaziyatlar tahlil qilingandi va bu ish har doim o‘tkazilishi ta’kidlangandi. Bu tur yakunlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilsa, Cheranning urgan birinchi golida qoida buzilgan yoki yo‘qligini mutaxassislar izohlab berishadi.



Fikrlar
Xavas qilardik.
Lekin xakamlar faqat Pahtakor foydasiga adashgani qiziq emasmi.
E xullas qancha gapirsa gap kup .
Foydasi yug
Keyingi turlarda esa chempionni yanchib tashlaganidan ruxlanib raqiblarni ketma ket tor mor etar va muxlislar 21 asrdan beri kutayotgan chempionligiga erishgan bo'lardi.
Buxoroda bayram,xalq ko'chada,qozonda osh va sumalak tayyorlanib elga ulashilmoqda,raqqosayu-dorbozlar,musiqachiyu-shovvozlar barchaga o'z maxoratlarini tortiq etishardi.
Tungi klublarda mega bayram,striptiz va ichkilik TEKIN,buning barchasi "Muxsin Muxammadiev va uning 11-jangchisi" sharofati bilan.
"Olg'a Buxoro","Biz senga ishongandik" va "Sen xech qachon yolg'iz bo'lmaysan" kabi shiorlar shaxarni to'ldirgan va muxlislar yangi mavsumni,OCHL chempionligiga yetaklovchi mavsumni intiqlik bilan kutishardi....
Paxtakorni yutib ruxiy Red-Bullga erishgan buxorolik futbolchilar Osiyoda xam xech kimga bo'yin egishmas va koreys,yapon,eron jamoalarini xuddi g'ijduvon shashliklarini yegandek yeb tashlashardi va finalda qari yulduzlar bilan to'ldirilgan Saudiya erkatoylarini yer tishlatib uzoq kutilgan OCHL kubogini O'zbekistonga olib keldilar va butun yurt bo'ylab yana bayram boshlanib ketishi kerak edi......afsus Charan barchasini barbod qildi
Boshka jamoalada ham aytganingizdek umuman taktika yoq.