
"Buxoro" murabbiyi: Legionerlarimiz jamoaga etib kela olmadi
"Buxoro" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Mirislom Hasanov o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Pandemiya tufayli o‘rtadagi 3 oylik tanafusdan keyin futbolchilarda o‘yin vaqtida diqqatni jamlab olib, to‘p tepish qiyin kechdi. Sizga ma’lumki, asosiy legioner markaziy himoyachilarimiz jamoaga etib kela olishmadi. Ularning o‘rnida harakat qilish uchun yoshlar jamoasidan futbolchilarni safimizga qo‘shishga majbur bo‘ldik. Ular yomon taassurot qoldirmadi, o‘yin uchun raxmat ularga. Yigitlar 90 daqiqa harakat qilishdi, g‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Diqqatni jamlay olmaganimiz uchun kerak bo‘lmagan hollarda raqibga penaltilar ishlashi uchun sharoit yaratdik, bu ham uzoq muddatli tanaffusning ta’siri deb o‘ylayman.
Fursatdan foydalanib, "Mash’al" klubi rahbariyatiga, bizga yaratib bergan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi murabbiy.
Fikrlar