"Buxoro" matbuot xizmati "8"ni gapirtirdi!

  • 8 mart, 12:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumidagi ilk o‘yin OKMK va "Buxoro" o‘rtasida kechdi. Keskin va shiddatli o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvdagi gollarga G‘iyosov (11'), Jo‘raev (18') va Abdurahmonovlar (90+2') mualliflik qilishdi.

Kechagi o‘yin haqida "Buxoro" matbuot xizmatidan original post:

"Kecha jamoamiz tomonidan kiritilgan gol:

Ushbu gol 8-raqamli futbolchi Anvar Jo‘raev tomonidan kiritildi. 

Ushbu gol jamoamizning Superligada o‘tkazgan 8 ta golsiz o‘yiniga chek qo‘ydi. 

Ushbu gol chempionat Superliga maqomini olganining 8-mavsumida kiritildi.

Gol muallifi Anvar Jo‘raev o‘zining debyut o‘yinini aynan 8 mavsum oldin o‘tkazgan

Ushbu post 8 mart kuni e’lon qilindi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!