"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev kelasi mavsum ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu murabbiyga klub rahbariyati tomonidan ishonch bildirildi. Muslimovich ham o‘z navbatida raqobatbardosh jamoa tuzishga va kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik olib borishini takidladi. Shuningdek, yordamchi murabbiy Oleg Shirinbekov ham kelasi mavsum o‘z ishini davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, Muhsin Muhammadiev jamoani iyun oyida qabul qilib olgan edi. Bosh murabbiy boshchiligida jamoa 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar