
"Buxoro" futbolchisi legionerga aylandi
Mavsum boshida “Buxoro” safidan o‘rin olgan yarim himoyachi Xurshid Olimov o‘z faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
“Buxoro” matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi Qrim premer ligasi ishtirokchisi “Okean” (Kerch) jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, Qrim premer ligasi yaqindagina start olgan bo‘lib “Okean” (Kerch) jamoasi 3 tur uchrashuvlaridan so‘ng ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Bugun yarim himoyachi ushbu jamoa bilan 1.5 yillik shartnoma imzoladi va rasman “FK Okean” futbolchisiga aylandi. Olimovning yangi jamoasidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz, - deyiladi “Buxoro” matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar