"Buxoro" etakchilari bilan shartnomani uzaytirdi, 6 nafar futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

  • 24 yanvar, 2023, 08:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Buxoro” jamoasi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

O‘tgan mavsumni buxoroliklar tarkibida o‘tkazgan Ruzimboy Axmedov, Nikola Stoshich, Obid Juraboev, Humoyumirzo Iminov, Jasur Azimov, Jamoliddin Ubaydullaev, Mirjalol Jumaev, Abduxoliq Qurbonov, Fayzullobek Jumanqo‘ziev, Rustam Abduhamidov, Sardor Kobuljanov, Akobir Qayumov, Temur Ismailov, Jasur Hasanov, Asiljon Begimkulov hamda Siroj Meliev bilan kelishuvga erishildi. Ushbu futbolchilar yangi mavsumni Buxoroda o‘tkazadi.

Bundan tashqari, jamoa tarkibiga jalb qilingan yangi futbolchilar Abbos Otaxonov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Farrux Ibragimov, Dilshod Jo‘raev, Ruslan Koraev hamda Aleksandr Kasyan bilan ham shartnoma imzolandi.

PFK BUXORO MATBUOT XIZMATI

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!