
Buuum! Levandovski "Bavariya"dan ketishini e’lon qildi
Polsha terma jamoasi va “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing joriy mavsum so‘nggi turidan o‘rin olgan “Volfsburg”ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng Myunxen klubini tark etishga qaror qilganini aytdi.
"Menga "Bavariya"dan yangi shartnoma bo‘yicha taklifi kelmadi va men ketishga qaror qildim. Men uchun ham, klub uchun ham eng yaxshi echimni topishimiz kerak.
Bu "Bavariya"dagi so‘nggi o‘yinim bo‘lsa kerak", - dedi polshalik.
"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamidjich ham vaziyatga izoh berdi: "U menga shartnomani uzaytirish haqidagi taklifimizni qabul qilishni istamasligini va klubni tark etishni xohlashini aytdi".
Bundan avvalroq Levandovskining xizmatlariga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar