
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. Yigitlarimizda mag‘lubiyat, qizlarimizda esa g‘alaba
Ayni kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon olimpiyadasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.
Yigitlar jamoasi bugungi o‘yinda turnir favoritlaridan biri Xitoy terma jamoasi bilan bahs olib borib, afsuski, 1.5-2.5 hisobidagi mag‘lubiyatni qayd etdi.
Ayollar jamoamiz esa Angliya bilan bellashuvda yirik 3:1 hisobida xafar qozondi.
Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda omad tilab qolamiz!
Fikrlar