Butunjahon armiya o‘yinlari. Madinabonu Mannopova finalda!

CHERY AUTO

18 oktyabr kuni Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari start olganidan xabaringiz bor. Dunyoning 136dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar 27ta sport turi bo‘yicha kurash olib borishmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqada taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 16 nafar sportchi bilan qatnashadi. Taekvondo bahslari bugun boshlandi va unda to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirok etmoqda.

-49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Madinabonu Mannopova musobaqani chorak finaldan boshladi. Uning birinchi raqibi xitoylik Zaoyi Li bo‘ldi. Mazkur bahsda Mannopova 9:7 hisobida g‘alabaga erishib yarim finalga chiqdi. Yarim finalda hamyurtimiz germaniyalik Ela Aydinga qarshi dayanga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda Madinabonu 11:9 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi!

-74 kg vazn toifasida Xojiakbar Zokirov 1/16 finalda qozog‘istonlik Shingis Sandibaevni 25:20 hisobida mag‘lub etdi. Nimchorak finalda esa Zokirov tunislik Firas Katussiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!