
Butunjahon armiya o‘yinlari. Dinoraxon Mamadibragimova - kumush medal sohibasi!
Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dinoraxon Mamadibragimova finalda rossiyalik Elena Evlampevaga qarshi jang qildi. Bu bahsda Dinoraxon mag‘lubiyatga uchradi va musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bundan oldin hamyurtimiz chorak finalda AQSh vakilasi Deyvon Lyuisni, yarim finalda esa germaniyalik Anna Lena Froemmingni mag‘lub etgan edi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar