Buskets so‘nggi 20 yillikning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi!

  • 12 may, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb ispaniyalik sobiq jamoadoshi Serxio Busketsning "ko‘k-anorranglilar" lagerini tark etishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

“Bu futbol. Tabiiyki, unda klub va futbolchining manfaatlari bir-biriga mos kelmasligi mumkin. U o‘zini boshqa joyda sinab ko‘rish vaqti keldi, menimcha u Ispaniya chempionatida qolmaydi. U o‘z kuchini boshqa ligada sinab ko‘rishi mumkin, - dedi Gleb Metaratings nashriga bergan intervyusida.

Sobiq futbolchining fikricha, agar Xavi Ernandes va Andres Inestani hisobga olmasa, Buskets so‘nggi 10-20 yillikdagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Buskets "Barselona"da 2008 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!