Buskets Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 11 may, 2023, 14:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets joriy mavsum yakunida “ko‘k-anorranglilar”ni tark etadi. Bu haqda 10 may kuni klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ispaniyalik tajribali futbolchining transferiga to‘rtta klub qiziqish bildirmoqda. "Inter Mayami", "An-Nasr", "Al-Shabab" va "Al-Hilol" Busketsga hamkorlikni taklif qilishga tayyor.

Serxio "Barselona" akademiyasini tamomlagan. Yarim himoyachi 2008 yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi keyingi oy oxirida tugaydi.

Buskets joriy mavsumda La Ligada 27 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi. Shuningdek,  beshta sariq va bitta qizil kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!